Post by VENDETTA on Sept 17, 2013 14:42:15 GMT
BAYRAK
ARMA
HARİTA
Geografiya
Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.
Demografiyasi[tahrir]
Asosiy maqola: Oʻzbekiston demografiyasi
Aholi piramidasi (2013-yilgi maʼlumot)
Oʻzbekiston aholisi 29,559,100 kishini tashkil qiladi (2012-yil, I-chorak). Aholining aksari qismi (81,7 %[1]dan koʻprogʻi — 24,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 3 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 2,5 millionlik tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 36 % shaharlarda va 64 % — qishloqlarda istiqomat qiladi.
Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 81,7 %[1]ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.
Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 39 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 54 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.
Etnik tarkibi
Maʼlumot 2000-yilga tegishli:
Oʻzbeklar — 18 mln. 959 ming kishi (Jami aholining 78 %)
Ruslar — 1 mln. 199 ming kishi
Tojiklar — 1 mln. 166 ming kishi
Qozoqlar — 990 ming kishi
Qoraqalpoqlar — 504 ming kishi
Tatarlar — 324 ming kishi (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 700 mingga yaqin)
Qirgʻizlar — 232 ming kishi
Koreyslar — 164 ming kishi
Turkmanlar — 152 ming kishi
Ukrainlar — 105 ming kishi
Armanlar — 42 ming kishi
Ozarbayjonlar — 36 ming kishi
Forslar — 30 ming atrofida
Uygʻurlar — 20 ming atrofida
Beloruslar — 20 ming atrofida
Qrim tatarlari — 10 ming atrofida (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 90 mingga yaqin)
Joʻhitlar — 20 — 30 ming kishi
Turklar — 10 ming atrofida
Olmonlar — 7.9 ming kishi
Yunonlar — 10 mingdan ozroq
Taʼlim
Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joiy, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaetganligidan qatʼi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Tabiiy resurslar
O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.
Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ngʻir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir.
Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.
Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.
Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha yettinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.
Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.
Viloyatlar
Oʻzbekiston 12 ta viloyat (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.